Zlatan Ibragimovich JCH-2018da o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
26 apr 2018, 18:20
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Rossiyada o'tadigan Jahon chempionatida Shvetsiya termasi tarkibida ishtirok etmaydi.

Shvetsiya futbol Assotsiatsiyasi Ibragimovich JCHda ishtirok etish uchun terma jamoaga chaqirilmasligini e'lon qildi.

"Men seshanba kuni Zlatan bilan gaplashdim. U terma jamoa borasidagi qarorini o'zgartirmasligini aytdi", - dedi terma jamoa menejeri Lars Rixt.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: svenskfotboll.se