Zlatan 3-4 haftani o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 17:25
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriyaning 8-turi doirasida "Napoli"ga qarshi o'yinda jarohatlandi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, futbolchining chap oyog'i mushaklaridan olgan jarohati sababli 3-4 haftani o'tkazib yuborishi mumkin.

Hozircha 39 yoshli shvetsiyalikning safga qaytish sanasi aniq emas. U yaqin vaqtlar ichida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Ibragimovich ushbu mavsumda A Seriyada 6 o'yinda 10 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport