So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  4 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  3 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Zizu yoki Benites - kim kuchliroq? Yangiliklar

Zizu yoki Benites - kim kuchliroq?

Sarlavhani o'qib, muxlislarning 95% javobi aniq-ku, degan bo'lsa ajab emas. Lekin, ammo, biroq... Aslida kim kuchliroq?

Zinedin Zidan jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi bilan nafaqat jamoa ishqibozlari, balki "Qirollik klubi" kiyinish xonasida ham ko'tarinki kayfiyat hukmronlik o'rnatdi. 



Xattoki jamoaning muhim o'yinchilaridan biri bo'lmish Luka Modrich shunday dedi: "Benites uchun afsusdaman, lekin murabbiy almashinuvi jamoa foydasiga xizmat qilmoqda".

Francuzning o'zi esa hamkasbining ishini juda manoli gaplar bilan eslab qo'ygandek tuyuldi: "Ronaldu yanada ko'proq ishlashi kerak, nafaqat Ronni, balki butun jamoa jismoniy tayyorgarligini yaxshilashi zarur".

Hamma xursand, hamma shod. Vaholanki, "Madrid"ning Zidan qo'l ostida ko'rsatayotgan natijalari Benitesning "Real"idan ko'p ham farq qilmaydi. Franciyalikning jamoasi uch bor g'alabaga erishdi va bir bor durrang natija qayd etdi. To'plar nisbati 17 - 2. Endi diqqat bilan o'qing, Benites murabbiyligidagi "Real" ham mavsumni xuddi shunday uch g'alaba va bir durrang bilan boshlagan. Ispan mutaxassisining jamoasi 15 ta gol urib, o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola bilgan! Bir qarashda har ikki murabbiyning natijalari unchalik farq qilmaydi. Zidan jamoasi ko'proq gol urdim desa, Benites klubning "o'q o'tmas" himoyasi bilan faxrlanishi mumkin edi.  

Zizu qo'l ostida klub "Bernabeu"da uchta yirik g'alabaga erishdi: 6-0 "Espanol" (31 yanvar), 5-1 "Sporting" (17 yanvar) va 5-0 "Deportivo" (9 yanvar). Ishonchli g'alablar fonida "qora dog'" rolini "Betis" bilan mehmondagi uchrashuv o'ynab berdi.




Benitesning Madriddagi faoliyati o'z maydonidagi ikki g'alaba: CHempionlar Ligasi doirasidagi uchrashuv 4-0 "SHaxtyor" (15 sentyabr) va La Ligada 5-0 "Betis" (29 avgust) taslim etilgan. Safarda esa "Espanol" 6:0 (12 sentyabr) hisobida tor-mor etilishidan boshlangandi. Durang esa 23 avgust kuni Xixonning "Sporting"i bilan o'yinda qayd etilgan.

Mana shunaqa gaplar. Bu bilan Benites francuzdan kuchli, yoki Zizu ispaniyalikdan omadliroq demoqchimasmiz. Albatta, Zizu kelgandan so'ng, jamoa muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etayotgani bor gap. Jamoa Benites davridagindan sezilarli darajada tez harakat qilmoqda, hujumga intilayapti. Har kimning o'z usuli borligini unutmaylik. O'yinga baho berish har kimning o'ziga havola. Bu shunchaki murabbiylarning statistikasi edi. 


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика