So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23 0:1  11 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

“Zirabuloq” klubiga texnik mag'lubiyat yozildi Yangiliklar

“Zirabuloq” klubiga texnik mag'lubiyat yozildi

Bilasiz, 23 iyun kuni B Pro-liga ishtirokchi jamoalari 11-tur doirasidan o'rin olgan bahslarni o'tkazishdi.

Tur doirasidan o'rin olgan “Zirabuloq” — “G'ijduvon” bahsi ham aslida 23 iyun kuni o'tkazilishi lozim edi. Biroq Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Yoshlik” o'yingohida shu kuni viloyat miqiyosidagi muhim bayram tadbiri bo'lib o'tishi munosabati bilan “Zirabuloq” klubi mazkur o'yinni bir kun keyin o'tkazishni so'radi. “G'ijduvon” klubi ham bunga rozilik bergani bois o'yin 24 iyun sanasiga ko'chirildi.

Biroq mazkur uchrashuv bugun ham o'tkazilmadi. “Zirabuloq” jamoasiga esa uchrashuvni o'z maydonida o'tkazishga umuman tayyor emas ekani sabab texnik mag'lubiyat yozildi.

O'zbekiston professional futbol klublari uchun 2019 yilgi mavsum musobaqalari Reglamenti 4.4 bandiga asosan, futbol klublari uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masuldir. Ular ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutashgan hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur choralarni ko'rishlari shart sanaladi. Ammo “Zirabuloq” klubi bu bandga asosan ish olib bormadi. Qolaversa, uchrashuvga tez tibbiy yordam vakillarining o'z vaqtida etib kelishi taminlanmadi.

SHuningdek, 6.39 bandga asosan maydon egalari uchrashuv rasmiylariga o'yin videoyozuvini taqdim etish imkoniyati yo'q ekani malum bo'ldi.

Bundan tashqari, 12.7 bandga ko'ra, stadionning va tegishli xizmatlarning uchrashuvni o'tkazishga tayyor ekani bo'yicha akt taqdim etilmadi. Yuqorida sanab o'tilgan sabablarga asosan “Zirabuloq” — “G'ijduvon” uchrashuvida mezbon klubga texnik mag'lubiyat yozildi.



“Zirabuloq” — “G'ijduvon” -:+

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика