Zinedin Zidan: "Real" hotirjamlikka berilmasligi zarur. Mavsum tugashiga hali ancha bor"
27 jan 2020 18:10
Yangiliklar


Zinedin Zidan: "Real" hotirjamlikka berilmasligi zarur. Mavsum tugashiga hali ancha bor"
"Real Madrid" ustozi Zinedin Zidan "Valyadolid" bilan o'yindan so'ng (1:0) jamoasi jadvalda birinchi o'ringa chiqib olgani haqida gapirdi.
"Nacho uchun xursandman. O'sha vaziyatdan oldinroq unga yaqin burchakka borishni aytgandim. U odatda ko'p gol urmaydi, shu sababli ham shogirdim uchun xursandman.
Etakchi bo'lib olganimiz hech nimani o'zgartirmaydi. Biz mehnat qilishda hamda yaxshi bajarayotgan ishimizni shu yo'sinda davom ettirishimiz zarur. Mavsum hali uzoq va bizga oson bo'lmaydi. Biz muhim g'alabani qo'lga kiritdik, - dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar