Zinchenko: "Portugaliya va Serbiya o'yinidagi durang - Ukraina uchun yaxshi natija"
26 mar 2019 10:45
Yangiliklar
Zinchenko: "Portugaliya va Serbiya o'yinidagi durang - Ukraina uchun yaxshi natija"
Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko Lyuksemburg ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.
"Portugaliyaga qarshi bahsda ko'p kuch sarfladik, ammo Lyuksemburg ham Litva bilan uchrashuvda borini berib o'ynagan. Maydon sifati haqida ko'p narsalar deyish mumkin, aynan shu tufayli o'yin tempi yuqori bo'lmadi. Asosiysi natijaga erishdik. Ha, xatolar bo'ldi. Bunday o'yinlarda iroda birinchi o'ringa chiqadi, biz uni ko'rsatdik.
Men hech qachon bahonalarni yoqtirmaganman. Xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqarib, oldinga harakatni davom ettirish kerak.
Portugaliya va Serbiya o'yinidagi durang - biz uchun yaxshi natija. Biroq o'z o'yinimizga etibor qaratishimiz kerak" - deydi Zinchenko.
Fikrlar