Zinchenko: "Bernardu Silva hozir Ronaldudan yaxshiroq formada"
22 mar 2019 10:15
Yangiliklar


Zinchenko: "Bernardu Silva hozir Ronaldudan yaxshiroq formada"
"Manchester Siti" va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko Portugaliyaga qarshi bahsdan oldin klubdagi jamoadoshi Bernardu Silva haqida fikr bildirdi.
"Silva bilan terma jamoalarimizning o'zaro o'yinini muhokama qildik. Portugaliya juda kuchli va xavfli jamoa ekanligini yaxshi bilamiz. Raqibda sifatli futbolchilar ko'p. Silvaga shunday dedim: "Mendan o'tishga urinsang, nokautga uchrataman".
Hozir kim yaxshiroq formada - Bernardu Silva yoki Krishtianu Ronaldu? Bu qiyin savol. Bernardu deb javob beraman, chunki uning potencialidan xabarim bor. Ronaldu barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri, biroq ayni damda Silva xavfliroq deb hisoblayman" - deydi Zinchenko.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar