Ziesh agentini ishdan bo'shatdi
09 iyu 2022 21:02
Yangiliklar
"Milan" qiziqishlari doirasida bo'lgan Hakim Ziesh bundan buyon o'z manfaatlarini o'zi himoya qilishini takidladi. Marokashlik agenti bilan aloqalar uzilganini elon qildi.
Eslatib o'tamiz, "rossoneri" o'tgan yozdan beri "aristokratlar" yarim himoyachisiga ko'z tikib kelmoqda, biroq ularda uni faqat joriy transfer oynasidagina qo'lga kiritish uchun real imkoniyat bor.
"Milan" Zieshni ijaraga olish borasida "CHelsi" bilan ikki haftadan ko'proq vaqt davomida muzokaralar olib bormoqda va kelishuvga erisha olishmayapti. "Nafaqaxo'rlar" Zieshning huquqlarini 30 million evroga sotib olishning majburiy variantini kiritish niyatida, milanliklar esa bunday shartlarga rozi bo'lishga tayyor emas.
Fikrlar