So’nggi yangiliklar

21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  3 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  6 19:51Ҳоланд кетма-кет бешинчи марта Норвегияда йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1 19:26"Норвич" футболчиси рақибга тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  0 19:00Роналду – кетма-кет 24 йил гол урган биринчи футболчи!  25 18:39"Шу кунга қадар босиб ўтган йўлимни эсласам, кўзимга ёш келади". Теҳроннинг "Истиқлол" клубига ўтаётган Жоэль Кожо сайтимизга интервью берди  4 18:13АПЛда декабрь ойининг энг яхши мураббийи эълон қилинди  2 17:50Ўзбекистон U-18 терма жамоаси "Сурхон" U-21'дан устун келди  3 17:31Breaking! "Арсенал" Рэшфорд учун қанча тўламоқчи бўлаётгани аниқ  5 17:10Ўзбекистон футзал федерацияси таклиф ва тавсияларни қабул қилмоқда  1 16:57АПЛда декабрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  3 16:37"Бунёдкор" йирик миқдордаги товон пули эвазига ОКМК футболчисини сотиб олди  11 16:22Ибрагимович Рэшфордни "Милан"га ўтишга кўндирди  0 15:55АПЛнинг икки топ-клуби Жуд Беллингемнинг укасига қизиқмоқда  1

Zidanning so'nggi imkoniyati... Yangiliklar

Zidanning so'nggi imkoniyati...

Ispaniya chempionatida birinchi davraning so'nggi tur uchrashuvlari boshlandi

Ushbu turning ilk uchrashuvida "Xetafe" "Malaga"ni 1:0 hisobida taslim etdi, bugun esa LaLiganing 4ta bahsi bo'lib o'tadi.


"Jirona" - "Las-Palmas"

Kataloniyaning LaLigadagi yangi jamoasi uydagidan ko'ra mehmonda ko'proq ochko yig'di (11-12). Ammo bu jamoa uyda yutqizib beradiganlardan emas. Buning ustiga mehmon autsayder bo'lsa, uladan ochko olmaslik gunoh bo'ladi. "Las-Palmas" hozircha Segundaga tushib ketgani yo'q, ammo "kanareykalar" bunday tarkib bilan uyida bo'lmagan bahslarda juda kuchsiz. "Palma" "Gran Kanariya"da (stadion) chuqur nasaf olmoqda, ammo boshqa arenalarda esa ularga havo etishmay qolmoqda... "Las-Palmas" Kataloniyada ochko olishi qiyin bo'ladi


"Real" - "Vilyarreal"

"Qirollik klubi"ning hozirgi holatini hisobga olsak, bu Zinedin Zidan uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Buning ustiga, "qaymoqranglilar" CHempionlar ligasida PSJga to'qnash kelgan. Agar madridliklar bu uchrashuvda ham avvalgi ikki o'yindagidek muvaffaqiyatsizlikka uchrasa "Real" LaLiga g'olibligi haqida emas, kuchli uchlikka kirish haqida o'ylashiga to'g'ri keladi. Buning ustiga, Zidanning jamoada ketishi borasida mish-mishlar ham avj olishi hech gap emas. "Bernabeu"dagi to'qnashuv 19-turning markaziy o'yini hisoblanadi. "Qirollik klubi"ga g'alaba suv va havodek muhim. "Real"ga shunchaki 3 ochko emas, muxlislarni ishontira oladigan o'yin kerak, shundagina Madrid klubi murabbiylar shtabida "qon to'kilmaydi". Bunday vazifani bajarish uchun juda noqulay raqib - "Vilyarreal" to'g'ri keldi. "Sariq suvosti kemasi" mavsum boshidan beri mehmondagi to'rtta uchrashuvda mag'lub bo'lganiga qaramay, so'nggi ikki o'yinda "Selta" va "Valensiya"ga imkoniyat qoldirmadi. "Vilyarreal" bu uchrashuvda ochko olishi juda qiyin, sababi - mezbon bu bahsda bor kuchini ishga solishi aniq. Biroq "sariq suvosti kemasi" yirik hisobda mag'lub bo'lmaydi.


"Eybar" - "Atletiko"

"Eybar" ushbu uchrashuvgacha ketma-ket 5ta bahsda mag'lub bo'lgani yo'q, "Atletiko" esa to'rtta. Bu fakt "qurol-aslahachilar"da g'alaba uchun imkoniyat katta degani emas. "Eybar"ning bir ochko olishiga ham ishonish qiyin. "Espanol"ga qarshi o'yindagi omadsizlikdan so'ng Diego Simeone jamoasi o'zini qo'lga oldi va ketma-ket uchta bahsda g'alaba qozonib, bitta ham gol o'tkazgani yo'q. "Qurol-aslahachilar"ning hujum chizig'i qo'rqinchli emas, ammo uyda devorlar ham yordam beradi, biroq "matraschilar" 3 ochko bilan uyga qaytishining ehtimoli katta.


"Deportivo" - "Valensiya"

"Ko'rshapalaklar" mehmondagi ketma-ket 3ta g'alabasi seriyasini o'zgartirish vaqti keldi. So'nggi xatolar Marselino Toral jamoasining chempionlik uchun kurashdan chiqarib yubordi va kuchli uchlikka kirish imkoniyatlarini pasaytirdi. To'g'ri, turnir jadvalida "Real" "Valensiya"dan pasda bo'lishi mumkin, ammo "Blankos"da zaxira o'yini borligini ham unutmaslik kerak. "Ko'rshapalaklar" bu bahsda g'alaba qozona olishadi, biroq darvozani quruq saqlashlari qiyin bo'ladi. "Turklar" esa uyda o'tgan so'nggi 5ta o'yinning 4tasida kamida 1ta gol urishgan.


Uchrashuvlar boshlanadigan vaqt va o'yinlar ko'rsatiladigan kanallar:

17:00. "Jirona" - "Las-Palmas" (Aleziya.com)

20:15. "Real" - "Vilyarreal" (Match TV, Aleziya.com, Uzreport)

22:30. "Eybar" - "Atletiko" (Match! Futbol 1, Aleziya.com)

00:45. "Deportivo" - "Valensiya" (Match! Futbol 3, Aleziya.com)

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика