Zidan "Vilyareal"ga qarshi uchrashuvdan keyin nimalar dedi?
20 may 2018 14:46
Yangiliklar
Zidan "Vilyareal"ga qarshi uchrashuvdan keyin nimalar dedi?
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati so'nggi turi doirasida "Vilyareal"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Asosiysi, final oldidan jarohatlardan qutulib qoldik. Aniq ayta olaman, "Real" ECHL finaliga tayyor.
CHempionatni yomon boshlagandik va ikkinchi davraga kelib, barchasini o'zgartirdik. "Real" futbolchilari o'zlariga kelib olishganidan keyin barchasi o'z holiga tushdi", - dedi Zidan.
Fikrlar