

“Havodagi kurashlarda bizga ozgina omad yetishmadi. Dastlabki yarim soatlikda yaxshi o'ynadik. Ammo o'zimizga ishonch ham yetishmadi. O'yinchilarimni hech narsada ayblay olmayman. Ular harakat qilishdi. Biz juda yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. Biroq mag'lubiyatga uchrash doimo yoqimsiz bo'lgan. Bizda raqib darvozasiga qadar borish va zarba berishda muammolar kuzatildi. Ayniqsa, maydonning uchinchi qismida. Jamoa oxirigacha kurashdi. Qiyin vaziyat. Lekin keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. O'yinchilarimni qo'llashda davom etaman, navbatdagi o'yinda yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz”,-dedi Zidan.



