Zidan "Siti"ga qarshi o'yin haqida: "Real" so'nggi soniyalarga qadar kurashadi"

Alisher
20 iyul 2020, 14:17
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Siti"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Qanday qilib kambek haqida o'ylamasligim mumkin? Keyingi bosqichga yo'l olish uchun so'nggi soniyalarga qadar kurashamiz.

Hozir ozgina dam olish kerak - mavsumning so'nggi qismi og'ir o'tdi. "Dam olish" degani "tatilga yo'l olish degani emas", shunchaki biroz chalg'ish kerak", - deydi Zidan.

Eslatib o'tamiz, "Man Siti" - "Real" o'yini 7 avgustda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca