Zidan Ronalduning qaytishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
12 mar 2021 20:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625049_original.jpg)
![](/upload/storage/625049_220.jpg)
Zidan Ronalduning qaytishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning yozda Madridga qaytishi to'g'risidagi gap-so'zlarga izoh berdi:
"U qanday futbolchi ekanligi, "Real" uchun nimalar qilgani-yu klubga nisbatan muhabbatini bilasiz. Krishtianu allaqachon "Real" tarixiga kirgan.
Ammo u hozir "Yuventus" futbolchisi. Biz buni hurmat qilishimiz kerak. Men boshqa klub vakillari haqida fikr bildirmayman".
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar