So’nggi yangiliklar

10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  3 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  1 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  3 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  2 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  5 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  22

Zidan "Real"dan ketdi. U qaysi hamkasblari oldida "shlyapasini echadi"? Yangiliklar

Zidan "Real"dan ketdi. U qaysi hamkasblari oldida "shlyapasini echadi"?

Madridning "Real" klubi Zinedin Zidanni istefoga chiqardi.

Klub afsonasi "qaymoqranglilar"ni murabbiy sifatida 263 o'yinga boshlab tushdi va 11 ta kubok olib berdi. Statistika: 174 g'alaba, 53 durang, 36 mag'lubiyat (to'plar nisbati — 605:267). 

Zidan "Real" boshqaruviga 1-marta kelganida imkonsizdek tuyulgan ishlarni amalga oshirgani yodingizda. Franciyalik mutaxassis "Real" bilan qatorasiga 3 bor ECHLda zafar quchishi mumkin, ammo bazi hamkasblarini engish unga hozircha armon bo'lib qolyapti. Zidanning muvaffaqiyatlari haqida ko'p gapirilgan. Biz bugun u "oshib o'tolmagan dovonlar" haqida malumot berishga qaror qildik.

Rasman: "Real" Zidanning istefosini elon qildi

Tomas Tuxel

Germaniyalik murabbiy Zidanning qarshisiga "Borussiya", PSJ va "CHelsi" bilan 6 bor chiqqan, biror marta yutqazmagan. Statistika: 6 o'yin — 2 g'alaba, 4 durang (to'plar nisbati — 19:15). 

Ushbu murabbiylar orasidagi so'nggi to'qnashuv ECHLning joriy mavsum yarim finalida sodir bo'lgan.

CHelsi (Angliya) – Real Madrid (Ispaniya) 2:0 

6 may, 00.00, "Stemford Bridj"

Gollar:

1:0 – 28 Verner, 2:0 – 85 Maunt.

CHelsi – Mendi, Aspilikueta (Jeyms, 88), Tiago Silva, Ryudiger, CHiluell, Maunt (Ziesh, 88), Jorjino, Xavertc (Jiru, 90), Kante, Kristensen, Verner (Pulishich, 67).

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Militao, Nacho, Mendi (Valverde, 63), Kroos, Modrich, Vinisius Junior (Asensio, 63), Kazemiro (Rodrigo, 76), Azar (Mariano Dias, 89), Benzema.

Ogohlantirishlar:

Jorjino (14), Ramos (37), Kristensen (39), Nacho (62), Kroos (72), Maunt (87), Valverde (90).


Xose Anxel Siganda

Mazkur murabbiy 2017-2018 yilgi mavsumda Bilbaoning "Atletik"ini boshqargan edi. O'shanda Sigandaning shogirdlari "Real"ga qarshi o'tkazilgan har ikki o'yinda durangga erishgan. Statistika: 2 o'yin — 2 durang.


Maurisio Pochettino

Argentinalik murabbiy "Tottenxem" ustozi sifatida Zidanning "Real"i bilan 2 marta to'qnashgan. Har ikki o'yin ECHLning 2017-18 yilgi mavsum guruh bosqichida ro'y bergan. O'shanda Madriddagi o'yin durang (1:1) bilan yakunlanagan bo'lsa, Londonda "shporlar"ning qo'li balan kelgan edi (3:1).

Tottenxem (Angliya) – Real Madrid (Ispaniya) 3:1 

2 noyabr, 00.45, "Uembli"

Gollar:

1:0 – 27 Alli, 2:0 – 56 Alli, 3:0 – 65 Eriksen, 3:1 – 80 Ronaldu.

Tottenxem – Loris, Alderveyreld (Sissoko, 24), Sanches, Vertongen, Tripper, Eriksen, Dayer, Uinks (Dembele, 66), Devis, Alli, Keyn (Lorente, 79).

Real Madrid – Kasilya, Xakimi, Nacho, Ramos, Marselo, Kazemiro, Modrich (Teo, 81), Kroos, Isko (Asensio, 74), Benzema, Ronaldu.

Ogohlantirishlar:

Dembele (89), Ramos (90).


Luish Kashtru

Portugaliyalik mutaxassis Zidan bilan ECHLning joriy mavsumida 2 bor to'qnash keldi. O'yinlarning har ikkovida Doneckning "SHaxtyor" jamoasi g'alaba qozondi. Statistika: 2 o'yin — 2 g'alaba (to'plar nisbati — 5:2).


Pep Gvardiola

Zidan murabbiy sifatida katta sahnaga chiqqanidan beri uni Pep bilan solishtirishadi. So'nggi 5 yildagi natijalar hisobga olinsa, Zinedin ispaniyalik hamkasbidan 1 emas, 3 qadam oldinda. Ammo, o'zaro to'qnashuvlar masalasida francuzning tili biroz qisiqroq. Pep "Siti" bilan Zidanning "Real"iga qarshi 2 o'yin o'tkazib, 100 foizlik natija qayd etgan. Statistika: 2 o'yin — 2 g'alaba (to'plar nisbati — 4:2).


P.s.: Materilni yozishda franciyalik mutaxassisga qarshi 2 va undan ortiq o'yinlarda to'qnashgan murabbiylarning natijalarigina hisobga olindi.

Muallif :
Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика