Zidan “Real”dagi o'yinlar bo'yicha Del Boske bilan tenglashdi. Ulardan oldinda faqat bir murabbiy bor
07 mar 2021 22:50
Yangiliklar


Zidan “Real”dagi o'yinlar bo'yicha Del Boske bilan tenglashdi. Ulardan oldinda faqat bir murabbiy bor
La Liga doirasida o'tgan “Atletiko” – “Real” bahsi (1:1) Zinedin Zidan uchun madridliklar boshqaruvidagi 246-o'yin bo'ldi.
U mazkur ko'rsatkich bo'yicha Visente Del Boske bilan tenglashdi. "Qaymoqranglilar" murabbiyi sifatida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan mutaxassis esa Migel Munos hisoblanadi – 605 ta.
Zidan 246 o'yinning 161 tasida zafar quchgan. Bugun 50-marotaba durang o'ynagan bo'lsa, 35 ta uchrashuvda mag'lub bo'lgan edi.
Del Boskening statistikasi – 133 g'alaba, 58 durang va 55 mag'lubiyat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar