Zidan "Real" qarorgohiga qaytdi va Peres bilan uchrashadi

16 iyul 2019, 19:45
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub mashg'ulot o'tkazayotgan bazaga qaytdi.

O'tgan hafta 47 yoshli mutaxassis madridliklar yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan Monreal shahrini tark etib, akasining o'limi sababli Ispaniyaga uchib ketgandi.

Zidan "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashishni rejalashtirmoqda va uchrashuv davomida katta ehtimol bilan transfer rejalari asosiy mavzuga aylanadi.   

20 iyuldan 21 iyulga o'tar kechasi "Real" Xyustonda "International Champions Cup" musobaqasi davomida "Bavariya" bilan bellashadi. Shuningdek, 24 iyul kuni "Arsenal" va 27 iyul sanasida hamshahri "Atletiko"ga qarshi o'yinlar ham bor. 


O'xshash yangiliklar


Manba: as.com