Zidan: "Real" Anchelotti bilan shartnomani uzaytirishi kerak"
27 jan 2015 14:47
Yangiliklar


Zidan: "Real" Anchelotti bilan shartnomani uzaytirishi kerak"
"Kastilya" ("Real"ning ikkinchi jamoasi) ustozi Zinedin Zidan asosiy jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ishini yuqori baholadi.
"Anchelotti - "Real" uchun eng yaxshi murabbiy. Men bo'lganimda, o'ylab o'tirmay Karlo bilan shartnomani uzaytirgan bo'lardim" - deydi Zidan.
Eslatib o'tamiz, Anchelottining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilgacha belgilangan.

Fikrlar