Zidan o'zini dunyoning eng kuchli murabbiyi deb hisoblamaydi
22 okt 2017 13:49
Yangiliklar
Zidan o'zini dunyoning eng kuchli murabbiyi deb hisoblamaydi
Zidan, Massimiliano Allegri ("Yuventus") va Antonio Konte ("CHelsi") FIFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi uchligiga kirishdi. Taqdirlash marosimi 23 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.
"Men dunyodagi eng yaxshi murabbiyman deya olmayman, bunday emas. Kaminaning omadi kelgan, chunki men jahonning eng yaxshi klubida eng zo'r futbolchilar bilan ishlayman. To'g'risini aytaman, bajarayotgan ishim o'zimga yoqadi, uni chin dildan amalga oshiryapman. Agar sovrin berishsa, uni mamnuniyat bilan qabul qilaman, ammo o'zimni dunyodagi eng yaxshi murabbiy deb hisoblamayman" - deydi Zidan.
Zidan 2016 yilning yanvarida "Real" bosh murabbiyiga aylangan. Bu vaqt ichida "Qirollik klubi" 45 yoshli mutaxassis qo'l ostida 7ta sovrin (CHempionlar ligasi x2, UEFA Superkubogi x2, Ispaniya Superkubogi, Ispaniya chempionati, klublar o'rtasidagi jahon chempionati) qo'lga kiritishdi.
Fikrlar