Zidan murabbiylikka qaytmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025, 12:57
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamon murabbiylikka qaytishga umid qilmoqda.

52 yoshli fransiyalik hozir Madridda istiqomat qiladi. U 2021 yilning yozida "Real"ni tark etgan va shundan beri bosh murabbiylik lavozimiga qaytmagan.

Zidan munosib taklifni kutishda davom etyapti. U obro'siga mos keladigan ulkan loyihani amalga oshirishga tayyor.

Avvalroq Zidanni faqat ikkita bo'sh ish o'rni – "Real" va Fransiya terma jamoasi murabbiyligi qiziqtirishi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS