Zidan: "Keyingi mavsumda biz bilan faxrlanasiz"

Mirjalol Normatov
19 may 2019, 11:43
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan so'nggi tur doirasida "Betis"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Mavsumni chiroyli yakunlash uchun ko'p ishladik. Muxlislarimiz bilan ijobiy kayfiyatda xayrlashmoqchimiz. Og'ir mavsumni yakunlamoqdamiz va biz muxlislarga qayta olishimizni ko'rsata olmoqchimiz. Barcha sovrinlarni yuta olamiz deb vada bera olmayman, biroq yaxshi niyatlarimiz bor. Ushbu mavsum yakunlanayotgani esa ajoyib.

Beyl ertaga biz bilan. Boshqa nimadir deya olmayman. Bu o'yin u uchun oxirgisi bo'lishi mumkinligini ham bilmayman. Mavsum yakunlanmoqda, oldinda bizni katta tanaffus kutmoqda", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca