Zidan: "Jamoa uchun oxirgi kunlar oson kechmadi"
05 dek 2020 23:38
Yangiliklar


Zidan: "Jamoa uchun oxirgi kunlar oson kechmadi"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Sevilya"ga (1:0) qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Juda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik, ammo maydonda ko'rsatgan o'yinimiz yanada muhimroq. Oxirgi kunlar jamoa uchun oson kechmadi. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik va raqibni munosib tarzda mag'lub qildik.
"Real" ajoyib xarakterga ega. To'g'ri, har 3 kunda o'yin o'tkazish bazan qimmatga tushadi. Albatta, "Real" tuzatishi kerak bo'lgan xatolar bor. SHularni bartaraf qilib, oldinga boramiz.
Ishlarimiz yurishmasa, tanqidlar bo'lishini tushunamiz. Hozir ijobiy ruhiyatni saqlab, jamoaning barqarorligini oshirishga intilamiz", – dedi 48 yoshli franciyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar