So’nggi yangiliklar

15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  2 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  3 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  15

Zidan izidan... Yangiliklar

Zidan izidan...

Yoshligimizdagi kumirlarimiz endi murabbiy sifatida o'zlarini ko'rsatishmoqda.

So'nggi xabarlarga qaraganda, Raul "SHalke"ning navbatdagi bosh murabbiyi bo'lishi kutilmoqda. Fursatdan foydalanib biz murabbiylik yo'lida ilk qadamlarini tashlayotgan o'tmishning ajoyib futbolchilarini yodga olamiz.

Futbol yildan-yilga o'zgarib bormoqda, qaysidir manoda professionallashib bormoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu sabab futbolchi va murabbiylik o'rtasidagi farq yo'qqa chiqib bormoqda. Kelajakni o'ylab, futbolchilar hali maydonda javlon urayotganlaridayoq murabbiylik kurslarini yakunlab, konspekt yozib, yangi kasblarining sir-asrorlarini o'rganib borishmoqda. O'tgan asrning 90-yillari, asrimizning dastlabki davri yulduzlaridan bir qanchasi murabbiy sifatida ham malum yutuqlarga erishib ulgurdi: Zidan, Simeone, Pochettino, Gvardiola. Kimningdir esa ketmoni uchmadi: Alan SHirer yoki Roberto Karlos kabi. Yana bir guruh sobiq futbolchilar bu yo'ldagi ilk qadamlarini tashlayaptilar, yoshlar jamoasini shug'ullantirmoqdalar yoki tajribaliroq hamkasblariga yordamchi vazifasini o'tamoqdalar. Ulardan qay biri futbolchi sifatida erishgan yutuqlariga murabbiylik kursisida ham eta olarkin?


Raul (Ispaniya, 42 yosh)

Madridning "Real" klubi afsonasi 42 yoshda, murabbiylikni esa ikki yil avval boshladi. O'shanda sobiq hujumchiga "Madrid"ning yoshlar jamoasi (U18) ishonib topshirildi. Oradan bir necha oy o'tib Raul o'z shogirdlari bilan Ispaniya yoshlar ligasida chempionlikni nishonlayotgan edi.

Ushbu muvaffaqiyat Raulga murabbiylik faoliyatida katta qadam tashlashga turtki bo'ldi: ushbu mavsum avvalida Gonsales "Kastilya"ni qo'lga oldi, endi esa ispaniyalikka "SHalke" qiziqmoqda. Eslatib o'tamiz, "Real"ni tark etgach, Raul aynan shu klubda qo'l ostida ikki mavsum harakat qilgandi. Jamoa qayta boshlangan Bundesligani to'rt uchrashuvda to'rt mag'lubiyat bilan boshladi va turnir jadvalining 10-pog'onasiga tushib ketdi, Raul hammasini o'z o'rniga qaytara oladimi?


Miroslav Kloze (Germaniya, 41 yosh)


Miroslav Kloze ham yaqin vaqtlar ichida bosh murabbiy bo'lishni ko'zlab turgani bor gap. Miro joriy mavsumni "Bavariya" U17da boshladi. May oyida jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar asosiy jamoa murabbiylar shtabiga kiritildi va Xansi Flikka yordam bermoqda. Tajriba to'plab olsa, vaqt o'tishi bilan u ham kuchli bosh murabbiy bo'lsa ne ajab...


Frenk Lempard (Angliya, 41 yosh)


Lempard esa hozirning o'zida katta klubda bosh murabbiy sifatida ishlamoqda. Ammo Frenkning mahoratiga endi baho beramiz. "Aristokratlar"ning afsonaviy futbolchisi hamon murabbiylar davrasida bir muncha tajribasizroq hisoblanadi. O'tgan mavsum Lemps "Derbi" bilan CHempionshipda oltinchi o'rinni egalladi va jamoasini APLga olib chiqolmadi. Biroq o'zi yangi mavsumni APLda, jonajon jamoasida boshladi. Bunday startni ko'plab murabbiylar orzu qiladi, lekin Frenki hozircha — top-klub bosh murabbiyi bo'lishiga qaramay, o'zi hali top-murabbiy emas.


Mikel Arteta (Ispaniya, 38 yosh)

Xosep Gvardiola shtabida o'tkazgan uch yilidan keyin, o'tgan yilning dekabr oyida Mikel Arteta Londonning "Arsenal" jamoasi boshqaruvini qo'lga oldi. Dastlabki 15 o'yinda bor yo'g'i ikki mag'lubiyat. Bundan ko'rinib turibdiki, start yomon chiqmadi. Lekin murabbiy Arteta borasida bizda Lemparddan ham kamroq malumot va tasavvur mavjud. Gvardiola bilan samarali hamkorlik ajoyib, lekin u payt Mikel murabbiyning o'ng qo'li bo'lgan, hozir esa o'zi yakuniy qarorlarni qabul qilishi lozim. 


Xavi (Ispaniya, 40 yosh)

Xavi ham hozir top-jamoa bosh murabbiyi bo'lishi mumkin edi. Uni qishda "Barselona"ga chaqirishgandi. Ernandes qadrdon klubini boshqarishni orzu qiladi, biroq o'zining shartlari asosida. Hozircha esa buning iloji bo'lmadi. Umuman olganda, bunday jiddiy chorlovdan avval Xavi o'z rejalarini Qatarning "Al-Sadd" klubida sinab ko'rishi mumkin. Darvoqe, Xavi ushbu klub bilan ikkita sovrin qo'lga kiritishga ham ulgurdi.  


Patrik Vieyra (Franciya, 43 yosh)

Boshqa bir mashhur francuzni ham yodga olsak bo'lardi — Terri Anri, lekin uning murabbiylik faoliyati u qadar yorqin chiqmayapti. Belgiya termasida hujumchilar bilan ishlovchi murabbiylik qildi, "Monako"da umuman hech nima o'xshamadi va AQSHga yo'l oldi. Kim biladi deysiz gap puldami yoki tajribada?! Boshqa bir jahon va Evropa chempionining ishlari sekin-asta ko'tarilib bormoqda. Vieyra bir necha yil "Manchester Siti" tizimidagi jamoalarda murabbiylik qildi, keyin bir necha yildan so'ng asosiy jamoa bosh murabbiyi o'rnini ko'zlagan holda, "Siti" boshliqlari uchun begona bo'lmagan "Nyu-York Siti"ga ravona bo'ldi. Biroq Gvardiola bilan kurashish mana man degan murabbiylarning qo'lidan kelmaydi, shu sababli Patrik hozircha Liga 1da "Nicca" bilan ishlamoqda hamda kun kelib zo'r murabbiy bo'lishi mumkin degan imkoniyatni saqlab qoldi.


Andrey SHevchenko (Ukraina, 43 yosh)

Klub va terma jamoada ishlash butkul farq qiladi, lekin SHevchenkoning Ukraina milliy terma jamoasi bilan qayd etayotgan natijalari etiboringizni tortishi turgan gap: Andrey Nikolaevich hamyurtlarini Portugaliya va Serbiya bor guruhdan birinchi o'rinni egallagan holda Evro-2020ga olib chiqishni uddaladi. Tabiiyki, SHevaga qiziqish kuchaymoqda va birinchi navbatda Italiyadan. Uning o'zi esa kun kelib "Milan" bosh murabbiyi bo'lishni orzu qiladi.  

Rayan Giggz (Uels, 46 yosh)

SHunga o'xshash holat Rayan Giggzda ham kuzatilmoqda. MYU afsonalaridan biri ham hozircha faqat milliy termada mustaqil ishlab ko'rdi. Uning ham omadi chopdi: "ajdarlar" Evro-2020 final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Vaholanki, Uelsning guruhi ham kuchli, ikkita yo'llanmaga to'rtta davogar bor edi. Giggz haqida gap ketganda, u bir asrning to'rtdan bir qismini ser Aleks Fergyuson bilan yonma-yon o'tkazganini ham unutmaslik lozim. Bu noyob tajriba uncha-muncha kurashda tarozi pallasi Rayan tomonga og'ishiga sabab bo'la oladi.


Xabi Alonso (Ispaniya, 38 yosh)

Ispaniyada Xabi Alonso ham buyuk murabbiy bo'lib etishadi degan gaplar yuribdi. Sobiq yarim himoyachi o'tgan mavsum "Real U-14"da o'tkazdi, yozda esa Basklar yurtiga qaytdi va "Real Sosedad B"ni qabul qilib oldi. Jamoa uning qo'l ostida Segunda yo'llanmasi uchun kurash olib bordi. Xabi murabbiyligi borasidagi fikrlar hozir ijobiy va shunchaki ajoyib baholari orasida bo'lib turibdi.


Diego Forlan (Urugvay, 41 yosh)

O'tgan yilning oxirida urugvaylik afsona Forlan mamlakatning eng nomdor jamoalaridan biri — "Penyarol"ni qabul qilib oldi. Koronavirus pandemiyasiga qadar jamoa bor yo'g'i besh rasmiy o'yinda maydonga tushdi va 2 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat qayd etdi. Forlanning murabbiylik ishiga keyinroq baho berganimiz maqsadga muvofiq. Hozircha faqat kuzatamiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика