Zidan: “Bir kun kelib u “Real”ga murabbiy bo'lishiga ishonaman”
29 okt 2019 22:40
Yangiliklar


Zidan: “Bir kun kelib u “Real”ga murabbiy bo'lishiga ishonaman”
“Real” ustozi Zinedin Zidan madridliklar afsonasi Raul Gonsales haqida fikr bildirdi.
Malumot o'rnida, Raul hozirda “qirollik klubi”ning ikkinchi jamoasi “Kastilya”da murabbiy sifati faoliyat olib bormoqda.
“Raul murabbiylik qilishni boshlagan. U 25 yil oldin “Real”da debyut qilgani hisobga olsak, bu bizni yoshimiz ulg'ayib borayotganidan dalolat beradi. U bilan birga harakat qilganman. U ajoyib jamoaning asosiy o'yinchisi edi. Ishonamanki, Raul kun kelib “Real” murabbiyi bo'ladi” – deya qayd etgan franciyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar