Zidan: "Beyl yaxshi o'ynadi, ammo bu vaziyatni o'zgartirmaydi"

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2019, 13:14
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Arsenal"ga qarshi Xalqaro Chempionlar Kubogi uchrashuvidan (2:2, penaltilar seriyasida 3:2) so'ng, jamoa vingeri Garet Beylga bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

Ushbu bahsda uelslik futbolchi gol urdi, ammo penaltilar seriyasida o'z zarbasini gol bilan yakunlay olmadi.

"U yaxshi o'yin o'tkazdi, Beyl uchun xursandman. U biz bilan va ishlashda davom etamiz. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Bugun u maydonga tushishni istadi, oldinroq esa hammasi boshqacha edi.

Garet bilan suhbatlashganim yo'q. U yaxshi shug'ullandi, shu sababli maydonga tushdi. Biroq hech narsa o'zgargani yo'q" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal