Juzeppe Marotta: "Pogba kelajakda "Oltin to'p" sohibi bo'ladi"
05 dek 2013 19:10
Yangiliklar


Juzeppe Marotta: "Pogba kelajakda "Oltin to'p" sohibi bo'ladi"
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi.
"Pogba kelajakda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga menda aslo shubha yo'q. Umil qilamanki, u o'z potencialini to'liq namoyish eta oladi. Biz hammamiz Pol bizning jamoamizda to'p surishidan faxrlanamiz. U bilan hamkorligimiz ajoyib kechadi. Uni endi porlayotgan yulduz deb atash kerakmas, u yulduz bo'lib etishdi. U haqiqiy chempion. Yosh bo'lishiga qaramay, maydonda aqilli yo'in namoyish etish bilan bir qatorda, mexnatsevarlikni ham namoyish qilyapti", dedi Marotta.

Fikrlar