Joze Mourino: “Yakuniy hisob o'yinga mos bo'ldi”
09 mar 2014 12:47
Yangiliklar

Joze Mourino: “Yakuniy hisob o'yinga mos bo'ldi”
Angliya chempionatining 29-turidan o'rin olgan “CHelsi” – “Tottenxem” (4:0) bahsidan so'ng maydon egalari ustozi Joze Mourino o'z fikrlarini bildirdi:
“Birinchi taym juda og'ir o'tdi. Bizda muammolar tug'ildi deb aytolmayman, ammo raqib to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldi. Bizga esa aniqlik va jiddiylik etishmadi. Tanaffusdan keyin hammasi o'zgardi. Maydonga Oskarning tushishi shogirdlarimga katta ko'mak berdi. Birinchi golni raqib futbolchisining xatosidan so'ng kiritdik”.
“Mana shu goldan keyin mehmonlar bugun ular uchun emasligini anglab etishdi. Natijada tashabbus to'liq “CHelsi” tomonga o'tdi va yana uchta gol urishga muvaffaq bo'ldik. O'ylaymanki, hisob o'yinga mos bo'ldi”.

Fikrlar