Joze Mourino: Tottenxemni yutsak, minimal maqsadimizga erishamiz
07 mar 2014 21:36
Yangiliklar


Joze Mourino: Tottenxemni yutsak, minimal maqsadimizga erishamiz
CHelsi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati 29-tur doirasida Tottenhemga qarshi bo'lib o'tishi kutilayotgan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Azarda hammasi joyida, xech qanday muammolari yo'q. Eshli Koul esa mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi. Endi u o'yinni o'tkazib yuboradi.
Biz yutishga harakat qilamiz. Va albatta raqibimiz xam. Biz o'zimiz uchun kamida to'rtinni o'rinni naqd qilib qo'yishimiz kerak. Ushbu yo'lda bizning asosiy raqibimiz Tottenhemdir.
Tottenhem Villash-Boash boshchiligida ajoyib o'yin ko'rsatgan. Va hozir SHervud boshchiligida xam xuddi shunday tempda davom etmoqda. SHunga qaramasdan, biz g'alaba qozonishimiz zarur. Qaysi stadion va raqib kimligining ahamiyati yo'q, - deb aytib o'tdi Mourino.

Fikrlar