Joze Mourino: Qachondir Interga qaytishim mumkin
27 fev 2014 13:06
Yangiliklar


Joze Mourino: Qachondir Interga qaytishim mumkin
“CHelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino “Inter”ga qaytish ehtimoli haqida gapirib o'tdi.
“Hozirgi kunda “CHelsi”da mening barcha ishlarim joyida. Lekin, kelajakda Abramovich mening faoliyatim borasida qanday qarorga kelishi mumkinligini bilmayman. Agar mabodo u menga chiqish eshiklarini ko'rsatadigan bo'lsa, men darhol Italiyaga ketaman. Ko'p ehtimolki “Inter”ga qaytib boraman”, -deya aytib o'tdi portugaliyalik murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Mourino “Inter” jamoasidagi ikki yillik faoliyati davomida CHempionlar ligasini, ikki marotaba skudettoni xamda Italiya kubogini qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, Mourino “Inter” jamoasidagi ikki yillik faoliyati davomida CHempionlar ligasini, ikki marotaba skudettoni xamda Italiya kubogini qo'lga kiritgan.

Fikrlar