Joze Mourino: "CHempionlik poygasi biz uchun tugadi"
30 mar 2014 00:42
Yangiliklar


Joze Mourino: "CHempionlik poygasi biz uchun tugadi"
Biz chempionatni birinchi bo'lib yakunlash imkonini yo'qqa chiqardik. Endi bizning taqdirimiz butunlay boshqa jamoalar o'yiniga bog'liq bo'lib qoldi. CHempionlik poygasi biz uchun tugadi. "Kristal Pelas" g'alaba munosib harakat qildi. Ular bugun hayot uchun emas, "o'lim" uchun kurashishdi. Birinchi bo'limda bizda bir qancha imkoniyatlar paydo bo'ldi. Ammo raqib posboniga tassano. U jamoasini bir qancha vaziyatda gollardan saqlab qoldi. Mening bir nechta shogirdlarim bugunni o'yinda o'zlarini yaxshi his etishmadi. Ular "Stok Siti", "Everton" va "Nyukasl"ga qarshi bahslarda o'ynagilari kelmagandek. Bu borada biror chora topishim mumkinmi? Bilmadim. Bizda juda yaxshi himoyachilar bor. Ammo qolgan chiziqlarda bunday deya olmayman.

Fikrlar