So’nggi yangiliklar

19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  0 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  7 19:07Суперлига. "Нефтчи" - "Хоразм". Асосий таркиблар маълум  3 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  10 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  5 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  19 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  4

Jo'ra Xonnazarov turniri. “Bunyodkor-2001” finalda! Yangiliklar

Jo'ra Xonnazarov turniri. “Bunyodkor-2001” finalda!

Bugun Jo'ra Xonnazarov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirning yarim final bahslari o'tkazildi.
Dastlab maydonga “Paxtakor” va “Andijon” jamoalari chiqib kelishdi. Uchrashuv startidayoq andijonliklar hisobni ochishga erishdilar va tanaffusgacha bitta to'p farqidagi g'alabani saqlab turishdi. Ikkinchi bo'limda “Paxtakor” futbolchilari o'yinida anchayin jonlanish kuzatildi. Bunga asosiy sabab sifatida toshkentliklar murabbiyi Sergey Tokov tarkibda birdaniga 7-8ta o'zgartirish kiritgani bo'ldi. Natijada, “Paxtakor” futbolchilari ketma-ket uch marta andijonliklar darvozasini ishg'ol qilishib, yakunda 3:1 hisobida zafar quchishdi.

Ikkinchi finalchini aniqlashda Toshkent derbisining guvohiga aylandik. Yani, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” qarama-qarshiligi bo'lib o'tdi. “Bunyodkor-2001” futbolchilari Otabek Yusupovning boshi bilan kiritgan goli evaziga hisobni ochishdi. Vaziyatni o'nglash uchun oldinga o'tgan “temiryo'lchilar” ikki marta “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol qilishib, hisobda oldinga o'tib olishdi. Birinchi taymni boy bergan “Bunyodkor”, ikkinchi bo'limda umuman boshqacha o'yin namoyish etdi. Murabbiylarning daldasi yosh “qaldirg'ochlar”ning o'yinini jonlantirdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. SHunga yarasha “Bunyodkor” futbolchilari iroda ko'rsatib, bahsni 3:2 hisobi bilan o'z foydalariga hal qilishdi. Sardor Usmonovning dubli “Bunyodkor-2001”ga final eshiklarini ochdi.

Yarim finallar
25 iyun. “CHilonzor” stadioni
9:00. “Paxtakor” – “Andijon” 3:1
10:00. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 3:2

Final
26 iyun. O'FF suniy maydoni
11:00. “Paxtakor” – “Bunyodkor”
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика