Jo Xart: "CSKA bilan durang - o'yinga munosib natija"
22 okt 2014 12:44
Yangiliklar


Jo Xart: "CSKA bilan durang - o'yinga munosib natija"
"Manchester Siti" darvozaboni Jo Xart CSKAga qarshi CHempionlar ligasi 3-tur uchrashuvi natijasidan hafa emas.
"Qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, ammo ikkinchisida esa juda ochilib ketdik. Natija o'yinga munosib bo'ldi. Tanaffusdan keyin yomon o'ynadik.
Birinchi taymda sovuq bo'ldi, shamol harakatlarimizni qiyinlashtirdi. Ikkinchi bo'limda qo'llarimni his qilmadim, ammo bu bahona bo'la olmaydi. Ikkala jamoa ham bir hil sharoitda o'ynashdi, lekin biz etarli darajada kuchli o'yin namoyish etmadik" - deydi darvozabon.

Fikrlar