Jiru: "Neymar Evropa futboliga tezda ko'nikib ketdi"
24 mar 2015 10:44
Yangiliklar


Jiru: "Neymar Evropa futboliga tezda ko'nikib ketdi"
"Arsenal" va Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Braziliyaga qarshi o'rtoqlik o'yinidan oldin "Barselona" futbolchisi Neymar o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.
"Neymar - Braziliya terma jamoasining etakchisi. U Evropa futboliga juda tez ko'nikib ketdi. Braziliyalik o'z mamlakati chempionatida juda yaxshi ishtirok etar edi. Boshqa qita futboliga ko'nikish uchun unga malum muddat kerak bo'lishini hamma bilardi. Neymar Braziliya terma jamoasi va "Barselona" uchun juda muhim futbolchi, undan ehtiyot bo'lishimiz kerak" - deydi Jiru.
Franciya va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 27 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.

Fikrlar