Jerrard: "Liverpul" CHL guruh bosqichida etarli darajada kuchli o'ynay olmadi"
10 dek 2014 11:42
Yangiliklar
Jerrard: "Liverpul" CHL guruh bosqichida etarli darajada kuchli o'ynay olmadi"
Guruh natijalariga ko'ra, "Bazel" CHempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqdi, "Liverpul" esa o'z ishtirokini Evropa ligasida davom ettiradi.
"Meni golimdan keyin ham 10 kishi bo'lib o'ynash qiyinligini bilgandim. Ammo baribir umid bor edi. Murabbiy aytganidek, biz birinchi bo'limni yaxshi o'tkazmadik.
CHetlatishda nima bo'lganini ko'rmadim, ammo jazo nohaq bo'lganini eshitdim. Bu vaziyat jamoamizni juda qiyin ahvolga solib qo'ydi, to'liq tarkibda o'ynaganimizda uchrashuvning so'nggi daqiqalarida "Bazel"ga haqiqiy shturm uyushtirar edik.
Biz yaxshi natijaga loyiq edik deya olmayman. Aynan shu o'yinimiz tufayli chiqib ketdik. "Bazel"ga qarshi mehmondagi uchrashuvda yaxshi harakat qila olmadik, "Ludogorec" bilan bahsda g'alabani qo'ldan boy berdik.
Hozir asosiy hujumchimiz Deniel Starrijning safga qaytishini kutyapmiz. Ammo bugun maydonga chiqqan futbolchilar ham tanqidga loyiq emas. Ular g'alaba uchun qo'lidan kelgan barchasini amalga oshirishdi" - deydi Jerrard.
Fikrlar