Jerrard: "Bir kun kelib "Liverpul"ga qaytishga umid qilaman"
08 may 2015 13:14
Yangiliklar


Jerrard: "Bir kun kelib "Liverpul"ga qaytishga umid qilaman"
Joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tishi kutilayotgan, "Liverpul" yarim himoyachisi Stiven Jerrard, bir kun kelib mersasayd klubiga qaytishi takidladi.
"Liverpul" bilan xayrlashish qiyin bo'ladi. Yangi klubda o'ynashim, AQSH futboli bilan tanishishim haqidagi fikr menga tasalli beryapti. SHu bilan birga juda hayajonlanyapman, chunki so'nggi bir necha hafta juda qiyin bo'ladi. "Kristal Pelas"ga qarshi "Enfild"dagi so'nggi uchrashuvimdan so'ng nima bo'lishini bilmayman. "Liverpul"dagi faoliyatim yakuniga etganida meni his-tuyg'ular chulg'ab oladi. Ammo klub bilan aloqalarim shu erda yakuniga etmaydi. Bir kun kelib "Liverpul"da qandaydir amalni egallashga umid qilyapman. Agar o'ylaganim yuz bermasa, muxlis sifatida jamoamga qaytaman" - deydi Jerrard.

Fikrlar