
"Liverpul" bilan xayrlashish qiyin bo'ladi. Yangi klubda o'ynashim, AQSH futboli bilan tanishishim haqidagi fikr menga tasalli beryapti. Shu bilan birga juda hayajonlanyapman, chunki so'nggi bir necha hafta juda qiyin bo'ladi. "Kristal Pelas"ga qarshi "Enfild"dagi so'nggi uchrashuvimdan so'ng nima bo'lishini bilmayman. "Liverpul"dagi faoliyatim yakuniga etganida meni his-tuyg'ular chulg'ab oladi. Ammo klub bilan aloqalarim shu yerda yakuniga yetmaydi. Bir kun kelib "Liverpul"da qandaydir amalni egallashga umid qilyapman. Agar o'ylaganim yuz bermasa, muxlis sifatida jamoamga qaytaman" - deydi Jerrard.