Jerdan SHakiri: "Muxlislarsiz o'yin mashg'ulotga o'xshab qoladi"
29 sen 2014 14:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146145_original.jpg)
![](/upload/storage/146145_220.jpg)
Jerdan SHakiri: "Muxlislarsiz o'yin mashg'ulotga o'xshab qoladi"
"Bavariya" yarim himoyachisi Jerdan SHakiri CHempionlar Ligasi doirasida bo'lib o'tadigan CSKAga qarshi kechadigan o'yin oson bo'lmasilgini aytdi.
Futbolchining fikricha, uchrashuvdagi asosiy muammo bo'sh tribunalar ekan. Eslatib o'tamiz, moskvaliklar stadiondagi betartibliklar uchun jazolanishgan.
"O'yin mashg'ulotga o'xshashini o'ylash - bu xavfli. Bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin, chunki CSKA yaxshi futbol namoyish eta oladigan ajoyib jamoa. Bizni ertaga qiyin uchrashuv kutib turibdi" - deydi SHakiri.
CSKA va "Bavariya" o'rtasidagi bahs 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshalanadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar