Jyerdan Shakiri: "Muxlislarsiz o'yin mashg'ulotga o'xshab qoladi"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2014, 14:01
"Bavariya" yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri Chempionlar Ligasi doirasida bo'lib o'tadigan SSKAga qarshi kechadigan o'yin oson bo'lmasilgini aytdi.

Futbolchining fikricha, uchrashuvdagi asosiy muammo bo'sh tribunalar ekan. Eslatib o'tamiz, moskvaliklar stadiondagi betartibliklar uchun jazolanishgan.

"O'yin mashg'ulotga o'xshashini o'ylash - bu xavfli. Bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin, chunki SSKA yaxshi futbol namoyish eta oladigan ajoyib jamoa. Bizni ertaga qiyin uchrashuv kutib turibdi" - deydi Shakiri.

SSKA va "Bavariya" o'rtasidagi bahs 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshalanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru