Jerar Pike: “Kelajakda “Barselona” prezidenti bo'lmoqchiman”
04 fev 2014 15:43
Yangiliklar


Jerar Pike: “Kelajakda “Barselona” prezidenti bo'lmoqchiman”
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike kelajakda kataloniya klubi prezidenti bo'lish niyati borligini yashirmadi.
“Ha, men “Barselona” prezidenti bo'lmoqchiman. Lekin hali bungacha vaqt ko'p. 10 yoshga to'lganimda futbolchi bo'lishni orzu qilardim, mana orzuyimga erishdim. Ko'ramiz balki bu orziyim ham amalga oshib qolar.
Jamoada prezident bo'lishni istayotganimga sababi shuki, bu mening klubim, men uni yoshligimdan beri bilaman, axir buvam ushbu klubda direktor va vice-prezident bo'lgan.
Mazkur lavozimda “Barselona” ishlash qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman”, - deydi Pike.

Fikrlar