Jeparov yana gol urdi, jamoasi g'alabani qo'ldan chiqardi
02 noy 2014 13:53
Yangiliklar

Jeparov yana gol urdi, jamoasi g'alabani qo'ldan chiqardi
Janubiy Koreya K-ligasida 34-tur uchrashuvlari yakuniga etib boryapti.
Ushbu turda terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Seongnam” klubi safarda “CHunnam Dragons” jamoasi mehmoni bo'lib, so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida Jeparov penaltidan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi. Ammo 85-daqiqada Jong Xo-Li muvozanatni tiklab, mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. “Seongnam” 34-turdan so'ng 32 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. “CHunnam” 46 ochko bilan 7-pog'onadan joy olgan.

Fikrlar