JCHga 9 kun qoldi. Ispaniya-1982
03 iyu 2014 18:35
Yangiliklar
JCHga 9 kun qoldi. Ispaniya-1982
FIFA ovoz berish yakunlariga ko'ra, mezbonlik Ispaniyaga nasib qildi. 14 shaharda tashkil qilindi.
Bu safar final bosqichida ilk bor 24 terma jamoa ishtirok etdi. Tashkilotchilar musobaqa formatini tuzib chiqishda xato qilishgani sababli muxlislar futboldan ko'ra ko'proq ochkolar va gollarni hisoblab o'tirgani bilan yodda qoldi. Ayniqsa, GFR va Avstriya terma jamoalari o'rtasidagi bellashuvda bu holat yaqqol ko'zga tashlanadi. Faqat chempionat oxirida o'tkazilgan Italiya - Braziliya va GFR - Franciya bahslari muxlislar yodida bir umrga muhrlanib qoldi.
Isroil terma jamoasi saralash bosqichini Okeaniya jamoalariga qarshi o'yin bilan boshladi. UEFA esa uzoq muddat mobaynida muhokama qilish bilan band bo'ldi. OFK Isroilni tarkibidan chiqargani sababli FIFA bu davlat termasini Janubiy Amerika jamoalari qatoriga qo'shishni ham istadi. Oxir-oqibat evropaliklar so'nggi guruhga Isroilni qabul qilishdi. Lekin bu jamoa so'nggi o'rinni egalladi.
Gollandiyaning jahon chempionatiga chiqa olmagani kutilmagan holatlardan biri bo'ldi.
Birinchi bosqichda jamoalar 6 guruhda bahs olib borishdi. Ikkinchi guruh bosqichiga oldindan kutilgan termalar yo'l olishdi. SHunga qaramay, Jazoirning ajoyib o'yini ko'pchilikka maqul keldi. Agar Avstriya oxirgi turda GFRni qoniqtiradigan natijaga o'ynab bermaganda finalda biz nemislarni ko'rmagan bo'lardik. Germaniya hisobni Xorst Xrubeshning aniq zarbasi bilan 10-daqiqada ochgach, qolgan 80 daqiqani jamoalar shunchaki to'pni bir-birlariga oshirish bilan o'tkazishdi. SHundan keyin guruh bahslarining so'nggi o'yinlarini bir vaqtda boshlash yo'lga qo'yildi.
Ikkinchi bosqichda 12 terma 3 guruhga bo'lindi. Birinchi guruhda Polsha SSSRni dog'da qoldirdi. Ikkinchi guruhda nemislar va francuzlar Ispaniya va Angliyadan kuchliroq chiqishdi. Uchinchi guruhda esa chempionatning eng ajoyib o'yinlari kuzatildi. Italiya Argentinani 2:1, Braziliya esa qitadoshlarini 3:1 hisobida dog'da qoldirdi. Italiya – Braziliya bellashuvi guruh g'olibi nomini aniqlab berardi. O'sha o'yinda Paolo Rossi haqiqiy mo'jiza yaratdi. U raqib darvozasini 3 bor nishonga olib, “moviy gvardiya” yutug'ini taminladi. CHempionat arafasida qamoqdan chiqqan Rossini mundialga olib ketishga qaror qilgan Enco Bearzotni o'shanda ko'pchilik tanqid qilgandi, lekin kelishilgan o'yinlar tufayli qamoqda o'tirib chiqqan Rossi millat qahramoniga aylandi.
Yarim finalda Italiya Polshani ham Rossining gollari evaziga mag'lub etadi. Ikkinchi yarim finalda Germaniya Franciya bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi. O'sha bahs JCHlar tarixidagi eng keskin uchrashuvlardan biri sifatida etirof etiladi. Penaltilar tepishda nemislar omadliroq chiqadi.
Yarim final
Polsha - Italiya 0:2
Gollar: Rossi, 22, 73
GFR - Franciya 3:3 (p 5:4)
Gollar: Littbarski, 17, Rummenigge, 102, Fisher, 108 - Platini, 26 (penaltidan), Trezor, 92, Jiress, 98
3-o'rin uchun o'yinda Polsha Franciyadan 3:2 hisobida ustun keldi.
3-o'rin uchun
Polsha - Franciya 3:2
Gollar: SHarmax, 40, Mayevski, 44, Kupchevich, 46 - Jirar, 13, Kuriol, 72
Hal qiluvchi final bahsida Italiya va Germaniya maydonga tushadi. Birinchi bo'limda tomonlar hisobni ocha olishmaydi. Ikkinchi bo'limda yana Rossi katta sahnaga chiqadi. U dastlab hisobni ochadi. SHundan so'ng ruhlanib ketgan italyanlar Tardelli va Altobelli kiritgan to'plardan keyin amalda bahs taqdirini hal etib qo'yishadi. Braytnerning goli hisob qisqartiradi xolos. SHu tariqa Italiya terma jamoasi uchinchi bor jahon chempionligini qo'lga kiritadi.
Final
Italiya - FRG 3:1
Gollar: Rossi, 57, Tardelli, 69, Altobelli, 81 - Braytner, 83
Italiya: Zoff, Kollovati, SHirea, Jentile, Kabrini, Oriali, Bergomi, Tardelli, Konti, Graciani (Altobelli, 7; Kauzio, 89), Rossi
Germaniya: SHumaxer, Kaltc, SHtilike, K. Ferster, B. Ferster, Braytner, Brigel, Dremmler (Xrubesh, 62), Rummenigge (Myuller, 70), Littbarski, Fisher
To'purarlar: Paolo Rossi (Italiya) - 6, Karl-Xaync Rummenigge (Germaniya) - 5, Ziko (Braziliya), Zbignev Bonek (Polsha) - 4tadan.
Behzod Nazarov tayyorladi

Fikrlar