JCHda Germaniyaga qarshi o'ynaymiz!
10 fev 2015 10:22
Yangiliklar


JCHda Germaniyaga qarshi o'ynaymiz!
Unga ko'ra Ravshan Haydarov shogirdlari, Fiji, Gonduras va Germaniya terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadigan bo'ldilar.
A guruhi: Yangi Zelandiya, Ukraina, AQSH, Myanma.
V guruhi: Argentina, Panama, CAF-3, Avstriya.
S guruhi: Qatar, Kolumbiya, Portugaliya, CAF-4.
D guruhi: Meksika, CAF-2, Urugvay, Serbiya.
E guruhi: CAF chempioni, Braziliya, KXDR, Vengriya.
F guruhi: Germaniya, Fiji, O'ZBEKISTON, Gonduras.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 1 iyun kuni musobaqani Gondurasga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 2-tur o'yinlari 4 iyun kuni bo'lib o'tadi, raqibimiz Germaniya! So'nggi turda Fiji terma jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Qura setkasida uchinchi bo'lganligimiz uchun, dastlabki ikki o'yinni Kráystcherch shahrida o'tkazamiz. So'nggi o'yin esa Fangareida bo'lib o'tadi.
"F" guruhi g'olibi 1/16 finalda "E" guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoaga qarshi o'ynaydi. Guruhimizda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoa esa "B" guruhida ikkinchi bo'lgan jamoaga qarshi. Eng yaxshi 4ta uchinchi o'rin egasi ham navbatdagi bosqichga chiqadi. Bu o'rinni egallagan terma jamoalar "C" yoki "D" guruhi g'oliblari bilan o'ynaydilar.

Fikrlar