So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

JCH-2018. 2-saralash bosqichiga 14 aprel kuni qura tashlanadi Yangiliklar

JCH-2018. 2-saralash bosqichiga 14 aprel kuni qura tashlanadi

OFK JCH-2018 va OK-2019 qo'shma saralashining 2-bosqichiga qura tashlash sanasini malum qildi.
Qura tashlash jarayoni 2015 yil 14 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir mahalliy vaqt bilan 15:00da (Toshkentda 12:00 bo'ladi). Jamoalarning savatchalarga ajratilishida FIFA reytingi inobatga olinadi.

FIFA reytingiga asosan 34ta terma jamoa 2-saralash bosqichiga avtomatik tarzda o'tdi. Ushbu jamoalar: Eron, Yaponiya, J.Koreya, O'zbekiston, BAA, Qatar, Ummon, Iordaniya, Xitoy, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq, Falastin, Livan, Quvayt, Filippin, Maldiv orollari, Vetnam, Tojikiston, Myanma, Afg'oniston, Tailand, Turkmaniston, KXDR, Suriya, Qirg'iziston, Malayziya, Gonkong, Singapur, Indoneziya, Laos, Guam va Bangladesh.

34 ta jamoa safiga 1-saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tadigan 6ta jamoa qo'shiladi.

1-saralash bosqichi juftliklari:
Hindiston – Nepal, Yaman – Pokistan, SHarqiy Timor – Mo'g'uliston, Kambodja – Makao, Xitoy Taypei – Bruney va SHri-Lanka – Butan. Juftliklar g'oliblari 17 martga qadar malum bo'ladi.

40ta jamoa 2-saralash bosqichiga 8ta guruhga ajratiladi (har bir guruhda 5tadan jamoa). 2-saralash bosqichi 2015 yil 11 iyunida boshlanib 2016 yil 29 martiga qadar bo'lib o'tadi.

Guruh g'oliblari va ikkinchi o'rinlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12 jamoa) 2019 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi va JCH-2018 so'nggi saralash bosqichiga chiqadi.

2-saralash bosqichida ishtirok etgan qolgan 24 jamoa OK-2019 final bosqichiga beriladigan 12 yo'llanma (yoki 11+1 mezbon davlat) uchun kurash olib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика