JCH-2014 saralashi. Pley-off. Bugun Iordaniya - Urugvay uchrashuvi bo'lib o'tadi
13 noy 2013 10:00
Yangiliklar


JCH-2014 saralashi. Pley-off. Bugun Iordaniya - Urugvay uchrashuvi bo'lib o'tadi
Bugun JCH-2014 saralashining pley-off bosqichi doirasida Iordaniya va Urugvay terma jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin bo'lib o'tadi.
Ushbu bosqich ikki o'yindan iborat bo'lib bugun birinchisi Ammanda bo'lib o'tsa, ikkinchi bahs Urugvayda bo'lib o'tadi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadigan uchrashuvda qitadoshlarimiz o'ta muhim o'yinni o'tkazishadi. Javob uchrashuvi 21 noyabr kuni tashkil etiladi.
O'yinni Sven Oddvar Mun boshchiligidagi norvegiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Fikrlar