JCH-2014 saralashi. Evropa. Pley-off. Dastlabki o'yinlar oldidan
15 noy 2013 21:20
Yangiliklar

JCH-2014 saralashi. Evropa. Pley-off. Dastlabki o'yinlar oldidan
Keyingi yil Braziliyada bo'lib o'tadigan mundialda ishtirok etadigan so'nggi terma jamoalar nomi keyingi haftada malum bo'ladi.
Kuni kecha Janubiy Amerika - Osiyo, SHimoliy Amerika - Okeaniya jamoalari o'rtasidagi qitalararo pley-off o'yinlarining dastlabkilari bo'lib o'tdi. Bugun esa Evropa qitasida to'rtta pley-off uchrashuvlari tashkil etiladi.
Islandiya – Xorvatiya
Boshlanish vaqti: 23:55 (Toshkent)
O'tkazilish joyi: Reykyavik, Leygardalsvedlyur
Hakam: Alberto Undiano Malenko (ESP)
Lars Lagerbek boshchiligidagi Islandiya terma jamoasi ko'pchilik tomonidan ushbu sakkiz jamoa orasida eng kuchsizi deb taxmin qilinmoqda. Ammo tarkibga etibor qilsak bunday fikr noto'g'ri ekaniga ishonch hosil qilish mumkin. Alfred Finnbogason, Kolbeyn Sigtorsson, Yoxan Gudmundsson, Gilfi Sigurdsson...
Xorvatlar pley-offga bosh murabbiyni almashtirgan holda kirib kelishdi. Igor SHtimacning o'rniga Niko Kovach keldi. Xorvatiya safida besh nafar futbolchida bittadan sariq kartochka bor. Quyidagi futbolchilar bugun ogohlantirish olishsa javob bahsini o'tkazib yuborishadi: CHorluka, Modrich, Kranchar, Mandjukich, Rakitich. SHuningjek Strinich va Olichning sog'liqlari bilan muammolar bor.
Taxmin – 2:1
Greciya – Ruminiya
Boshlanish vaqti: 00:45 (Toshkent)
O'tkazilish joyi: Pirey, Georgios Karaiskakis
Hakam: Pedru Proensa (POR)
Bugungi o'yinlar orasida eng zerikarlisi bo'lishi kutilmoqda. Sababi Greciya jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda 16ta gol urilgan xolos. Bundan tashqari Greciyani 1:0 terma jamoasi deb atashlarini ham qayd etish lozim. Xatto Lixtenshteynga qarshi o'yinda ham Fernandu Santush shogirdlari bitta gol urib olib etiborni himoyaga qaratishgandi. 10ta o'yinda Greciya 8ta o'yinda gol o'tkazmadi!
Ko'pchiligimiz uchun so'nggi imkon, - deydi Ruminiya terma jamoasi hujumchiis Marius Nikulae. Ruminiya so'nggi bor 1998 yilda ishtirok etgandi. SHu bois ruminlar uchun bu ikki o'yinning ahamiyati haqida ortiqcha to'xtalib o'tish shart bo'lmasa kerak. Bastiya va Ruminiya terma jamoasi hujumchisi Klaudiu Kesheru Braziliyaga yayov borishga ham tayyor ekanini malum qildi.
Taxmin– 1:0
Portugaliya – SHveciya
Boshlanish vaqti: 00:45 (Toshkent)
O'tkazilish joyi: Lissabon, Eshtadiu du Benfika
Hakam: Nikola Riccoli (ITA)
Portugaliya va SHveciya o'rtasidagi o'yinni qo'rqmasdan markaziy deyish mumkin. Sababi har kuni ham Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibragimovich to'qnashuvini ko'ravermaymiz. Bu ikki futbolchi uchun pley-offdagi g'alaba faqat Braziliyaga yo'llanma olish bilan muhim emas. G'olib futbolchi Oltin to'p uchun kurashda favoritga ham aylanadi. Krishti ham, Ibra ham davogarlar safida.
Faqat bugungi emas ikkala o'yinda Piriney yarim oroli vakili favorit hisoblanmoqda. Portugaliya terma jamoasi futbolchilarining darajasi skandinavlardan ustunroq. Portugaliyaning deyarli barcha futbochlisi top ligalarda, top klublarda o'ynashadi, shvedlarda esa bunday emas. Boshqa tomondan sariq-ko'klarda shunday jamoaviy ruh borki bunga Portugaliya havas qilsa arziydi. SHvedlar jismoniy tomonlama raqib bilan tengma teng o'ynashga qodir.
Taxmin – 1:1
Ukraina – Franciya
Boshlanish vaqti: 00:45 (Toshkent)
O'tkazilish joyi: Kiev, Olimpiyskiy
Hakam: Juneyt CHaqir (TUR)
Ukrainaga qurada omad kelmagan deb aytish to'g'ri bo'lardi, francuzlar Kievga kelishadi. Boshqa tomondan to'rt yil oldin Ukrainaga Greciya tushganida barcha quvongandi, ammo yakunda nima bo'lgandi? To'g'ri topdingiz, mag'lubiyat. Bu bilan Ukraina uchun beshinchi marta pley-offda o'ynaydi. Oldinroq MDH vakili Xorvatiya, Sloveniya, Germaniya va Greciya bilan o'ynagan. Ukrainlar birontasida g'olib chiqishmagan, Kievdagi ikki o'yin 1:1 hisobida tugagan. Mixail Fomenko jamoasiga to'lib toshgan Olimpiyskiy, shuningdek jamoa hujumchilari Yarmolenko va Konoplyanka yordam berishi mumkin.
Franciyani yaqinda qabul qilib olgan Dide Desham uchun Ukrainaga qarshi o'yinlar dastlabki muhim sinov bo'ladi. Guruhda Ispaniyani ortda qoldira olmadi, Belorussiya, Gruziya va Finlyandiyadan tepada turish esa murabbiysiz ham eplasa bo'ladigan ish. Franciya matbuoti termaga juda katta bosim uyishtirmoqda, agar jamoa mundialga chiqa olmasa Desham ishdan haydalishi aniq. Agar Franciya mag'lub bo'lsa Frank Riberi Oltin to'pdan ham quruq qolishi mumkinn. SHu bois ikkala tomon uchun hayot mamot o'yini bo'lishiga shubha yo'q.
Taxmin – 1:1
allsport-news.com saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Fikrlar