So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  1 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  1 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  5 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  6 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - SHveycariya Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - SHveycariya

"E" guruhining yana bir vakili SHveycariya terma jamoasi bilan tanishtirib o'tamiz.

SHveycariya terma jamoasi o'zining ilk rasmiy o'yinini 1905 yilda Franciyaga qarshi o'tkazgan. Hozirgacha bu terma jamoa tarixidagi eng yaxshi natija bu 1924 yilda qayd etilgan. O'shanda shveycariyaliklar Olimpiada o'yinlari kumush medallariga sazovor bo'lishgan edi. 1930 - 1960 yillar SHveycariya futbolining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan mutaxassis Karl Rappan davri bilan esga olinadi. Karl Rappan yangi taktik uslub "katenachcho"ni kashf etadi. Aynan uning bu uslubi terma jamoa uchun foydali bo'ladi va Karl Rappan uchta mundialda jamoani olib chiqadi. 1934, 1938 va 1954 yillarda Karl Rappan SHveycariyani mundialga olib chiqadi va har uchchala chempionatda ham chorak finalga qadar etib boradi. Bu SHveycariya tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich.
Keyinchalik ushbu o'lka futbolida ancha inqiroz kuzatiladi. SHveycariya futbolining 1960 yildan keyingi holati ancha nochor ahvolga tushib qoladi. Bu inqiroz 30 yil mobaynida davom etadi. 1990 yilga kelib, terma jamoa ruliga angliyalik taniqli mutaxassis Roy Xojson keladi. Roy Xojsonga uzoq davom etgan omadsizliklarni bartaraf etish nasib etadi va jamoani 1994 yilda AQSHda bo'lib o'tgan Jahon chempionatiga olib chiqadi. SHveycariya nihoyat uzoq tanaffusdan so'ng xalqaro musobaqaga qaytadi.  
SHveycariya hozirgacha 9 bor mundiallarda ishtirok etgan Braziliyadagi chempionat ularning 10 yubiley ishtiroki bo'ladi.

Hozirda jamoani germaniyalik taniqli mutaxassis Ottmar Xitcfeld boshqarib bormoqda. Bu tajribali murabbiy ushbu chempionatda jamoa bilan imkon qadar uzoqroqqa borishi kutilmoqda. Ular o'rin olgan "E" guruhida Franciya, Gonduras va Ekvador jamoalari bor. Ottmar Xitcfeld jamoasi guruh g'olibligi uchun ham bemalol Franciya bilan bahslashishi mumkin. SHveycariya terma jamoasida bir qator tajribali va malakali futbolchilar bor. Darvozani ancha tajribali posbon Benalo qo'riqlaydi. Himoya chizig'ida ham etarli futbolchilar mavjud. "Arsenal"dagi o'yinlari orqali ko'pchilikka tanilib ulgurgan Senderos, "Yuventus"ning o'ng qanot etakchisi Lixshtayner, "Bavariya" azosi Jerdan SHakiri, "Napoli" yarim himoyachilari Inler va Behrami, "Borussiya M" futbolchisi Jaka, bundesligada ushbu mavsum porlagan Yosip Drmich kabi etarli tajribaga ega ijrochilar jamlanishgan.

Ottmar Xitcfeld ushbu futbochilardan yaxshigina jamoa tuzib olgan va har qanday jamoaga qarshi etarli o'ynab berishi mumkin. SHveycariyaning minimum vazifasi bu guruhdan chiqish hisoblanadi. Ushbu tarkib va tajribali murabbiy ega jamoa uchun bu uddalasa bo'ladigan vazifa.

SHveycariya futbolida yorqin iz qoldirgan futbolchilar haqida to'xtaladigan bo'lsak, avvalo yaqin yillargacha terma jamoa safida ko'plab o'yinlar o'tkazgan Aleksandr Fray o'tgan mundialdan so'ng o'z faoliyatini yakunlagan edi. SHuningdek, Xaync Xermann, Stefan SHapyuiza, Yoxann Fogel, Patrik Myuller, CHiriako Sforca, Endi Egli, Rafael Vikki, Stefan Ansho, Lauro Amado singari taniqli futbolchilar etishib chiqqan SHveycariyadan.


SHveycariya terma jamoasi haqida
:

Tashkil topgan yil
: 1905

Mintaqasi
: UEFA

Bosh murabbiy
: Ottmar Xitcfeld (Germaniya)

Jamoa sardori: Gyokxan Inler

Eng ko'p o'ynagan futbolchi
: Xaync Xermann (117 o'yin)

Eng yaxshi to'purar
: Aleksandr Fray (42 gol)

FIFA reytingidagi o'rni
: 6

Ilk o'yini
: Franciya - SHveycariya 1:0 (1905 yil)

Eng yirik g'alabasi
: SHveycariya - San-Marino 7:0 (1991 yil)

Eng yirik mag'lubiyati
: Vengriya - SHveycariya 9:0 (1911 yil), SHveycariya - Angliya 0:9 (1909 yil)

Erishgan yutuqlari:
Olimpiada o'yinlari kumush medili sohibi
: (1924)


SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика