So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  6 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - CHili Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - CHili

Jahon chempionati "V" guruhining yana bir ishtirokchisi CHili terma jamoasi haqida to'xtalib o'tamiz.

CHili terma jamoasi 1910 yilda tashkil etilgan. Bu jamoa o'zining boy tarixiga ega. CHili tarkibida Ivan Zamorano, Marselo Salas kabi o'tmishning yorqin chart to'p ustalari harakat qilishgan. Bu jamoa azal-azaldan kuchli jamoa sifatida etirof etib kelinadi.



CHili terma jamoasi shu paytgacha sakkiz marotaba Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Yana ikki marta chempionatdan chetlatilgan. 1990 yilgi mundialda CHili jamoasi diskvalifikaciya tufayli qatnasha olmagan. 1934 va 1938 yillari esa CHili jamoasi o'zlari jahon chempionatida o'ynashdan bosh tortishgan.  SHuningdek 1994 yilgi musobaqada ham CHili chempionatda o'ynash huquqidan mahrum qilingan. 


CHili terma jamoasi uzluksiz mundialda qatnashib kela olmagan. CHililiklar uchun eng omadli mundial bu so'zsiz 1962 yildagi chempionat hisoblanadi. Aynan o'sha yili bu o'lka vakillari o'zlarining tarixiy natijalariga erishishgan. CHili jamoasi o'sha mundialda yarim finalgacha dadil qadam tashlagan va final ostonasida o'z omadini qochirib yuborgan. Yakunda esa Jahon chempionatining bronza medallari bilan taqdirlanishgan. Bu hozircha ularning eng yuksak ko'rsatkichlari hisoblanadi.


CHili muxlislari har doim yangicha qiyofalar bilan o'z terma jamoalarini qo'llab-quvvatlashga harakat qilishadi


Ayni paytda CHili terma jamoasini argentinalik murabbiy Xorxe Sampaoli yaxshi shakllantirmoqda. Xorxe Sampaoli jamoa o'yinini Aleksis Sanches hamda Arturo Vidal oldida tashkil etmoqda. Bu futbolchilar nafaqat CHilining, balki o'z klublarining ham etakchi ijrochilaridan hisoblanishadi.  Arturo Vidal ayni paytda o'z jarohatini davolash bilan band. Mundialgacha u safga qaytishi kutilmoqda. Arturo Vidalning terma jamoada tutadigan o'rni juda muhim sanaladi. CHili ushbu mundialda katta natijalarni qayd etishi mumkin bo'lgan jamoalar safida tilga olinmayapti. Lekin ulardan har narsani kutish mumkin. CHilida haqiqiy jamoa shakllanmoqda. Ularning asosiy yutuqlari bu birdamlik sanaladi. To'g'ri, ular o'rin olgan guruhda Ispaniya va Gollandiya terma jamoalari bor.

Bu jamoalar bilan kurash olib borish CHiliga etarlicha tashvish tug'dirishi aniq. Uchinchi jamoa Avstraliya bilan bo'ladigan bahs esa uchinchi o'rin uchun o'yin bo'lishini ko'pchilik taxmin qilmoqda. Lekin amalda nimalar bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi. Mundial bu futbol bayrami. Bayramni esa barcha o'zi istaganidek o'tkazishni xohlaydi. Kimning rejalari amalga oshishi-yu, kimlarniki o'xshamasligini Braziliya bo'lib o'tadigan mundial davomida bilib olamiz. Hozircha shunisi aniqki, CHili terma jamoasi ham mundialga o'z qarashlari va rejalari asosida kelmoqda. Ularninng ilk va asosiy ishi bu Gollandiya yoki Ispaniya kabi terma jamoalar uchun haqiqiy bosh og'riqi bo'lish ekanligi hech kimga sir emas.


 

CHili terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil: 1910

Mintaqasi: Amerika

Bosh murabbiy: Xorxe Sampaoli (Argentina)

Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Leonel Sanches (84 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Marselo Salas (37 gol)

Ilk o'yini: Argentina - CHili 3:1 (1910 yil)

Eng yirik g'alabasi: CHili - Venesuela 7:0 (1979 yil), CHili - Armaniston 7:0 (1997 yil)

Eng yirik mag'lubiyati: Braziliya - CHili 7:0 (1959 yil)

FIFA reytingidagi o'rni: 15

Erishgan yutuqlari: Jahon chempionati bronza medali sohibi (1962)
Amerika kubogi kumush medali sohibi: 4 marta (1955, 1956, 1979, 1987)

Arturo Vidaldan CHili muxlislarining umidlari katta


 

CHili terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi:


Darvozabonlar: Klaudio Bravo (Real Sosedad, Ispaniya), Jonni Errera (Universidad de CHili), Kristofer Toselli (Universidad Katolika).

Himoyachilar: Gonsalo Xara (Nottingem Forest, Angliya), Markos Gonsales (Union Espanola), Xose Roxas (Universidad de CHili), Eugenio Mena (Santos, Braziliya), Marselo Diaz (Bazel, SHveycariya).

Yarim himoyachilar: Gari Medel (Kardiff, Uels), Maurisio Isla, Arturo Vidal (oba - Yuventus, Italiya), Xorxe Valdivia (Palmeyras, Braziliya), Felipe Guterres (Tvente, Gollandiya), Rodrigo Milyar (Atlas), Xose Fuenzalida (Kolo Kolo),  Fransisko Silva (Osasuna, Ispaniya), CHarlz Aranxuis (Internasonal, Braziliya), Karlos Karmona (Atalanta, Italiya), Miiko Albornoz (Malme, SHveciya).

Hujumchilar: Aleksis Sanches (Barselona, Ispaniya), Eduardo Vargas (Valensiya, Ispaniya), Jan Bosejur (Uigan, Angliya), Maurisio Pinilya (Kalyari, Italiya), Fabian Orellyana (Selta, Ispaniya).



Yakuniy ro'yxatga 23 nafar futbolchi kiritiladi.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика