JCH-2014. Franciya ortiqcha qiyinchiliksiz chorak finalga chiqdi
30 iyu 2014 23:10
Yangiliklar
JCH-2014. Franciya ortiqcha qiyinchiliksiz chorak finalga chiqdi
Dide Desham boshchiligidagi Franciya terma jamoasi Nigeriyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda ko'pchilik aynan Evropa jamoasi zafar quchishini taxmin qilishgandi. Amalda ham shunday bo'lib chiqdi.
Balki francuzlar u qadar yorqin o'yin namoyish eta olmagandirlar lekin o'zlariga kerakli natijaga erisha olishdi.
Birinchi bo'limda francuzlarning hujumlarini Eneyama familiyalik posbon qaytarib turdi. Ayniqsa Pogbaning kuchli zarbasidan so'ng Vinsent o'zini yorqin namoyish eta oldi.
79-daqiqada Valbuena to'pni jarima maydoniga oshirdi, Eneyama to'pni qaytardi, ammo bu to'p Pogbaning boshiga bordi. Yosh yarim himoyachi osonlik bilan bo'sh darvozaga to'pni yo'lladi - 1:0.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda yana o'sha tinib tinchimas Valbuenaning pasidan so'ng Grizmann to'p uchun intildi, kutilmaganda Jozef Yobo to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi - 2:0.
Bahs aynan shu hisob bilan o'z yakuniga etdi va "xo'rozlar" keyingi bosqichga yo'l olishdi.
Franciyaning chorak finaldagi raqibi Germaniya va Jazoir o'rtasidagi bahsdan so'ng malum bo'ladi.
FRANCIYA - NIGERIYA 2:0
Brazilia. "Mane Garrincha" stadioni.
Bosh hakam: Mett Geyger (AQSH).
Qanotlardagi hakamlar: Mark Xerd, Jo Fletcher
Zahiradagi hakam: Alirizo Fag'oni
Gollar: Pol Pogba 79, Jozef Yobo 90+1 avtogol
Franciya:
Ugo Loris, Mate Debyushi, Loran Koselni, Rafael Varan, Patris Evra,
Yoan Kabay, Pol Pogba, Blez Matyuidi, Mate Valbuena (Sissoko, 90+4),
Olive Jiru (Antuan Grizmann, 62), Karim Benzema.
Nigeriya:
Vinsent Enyama, Efe Embrouz, Jozef Yobo, Kennet Omeruo, Juvon Oshaniva,
Jon Obi Mikel, Odjeni Onazi (Ruben Gabriel, 60), Axmad Musa, Piter
Odemvingi, Viktor Mozes (Uche Nvofor, 89), Emmanuel Emenike.
Ogohlantirishlar: Blez Matyuidi 54.
Fikrlar