So’nggi yangiliklar

13:18"Барселона"нинг ўтган мавсумдаги молиявий йўқотишлари ва даромадлари маълум бўлди  0 12:50Аргентина футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Биз турнирда нафақат ўзимиз, балки Жаҳон чемпионатида тўп тепишни орзу қиладиган барча болакай, ҳаваскор ва маҳаллий футзалчи учун ўйнаймиз"  0 12:31ОЧЛ Элитда 2-тур тугади. "Пахтакор"нинг Эрондаги ўйини ҳақида  0 12:08Бразилия футзал терма жамоаси аъзоси Марсель: "Украинага қарши баҳсда Хорватия билан бўлгани каби жисмоний куч муҳим аҳамият касб этади"  0 11:48Украина ҳамда Бразилия терма жамоаси устозлари ярим финал олдидан қандай фикрда?  0 11:28"Ҳусанов - ҳақиқий монстр. У "Ланс"да узоқ ушланиб қолмайди. Ташвишланманг, бизда Абдуқодир бор"  6 10:52Ҳакамлар “Локомотив”нинг ОКМК дарвозасига урган голини инобатга олмасдан, хатога йўл қўйишди. Суперлиганинг 20-тур учрашувларидаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  6 10:49Тен Хагнинг истеъфоси МЮга жуда қимматга тушади  6 10:22Холанд ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчига айланди  4 09:50Суперлига. Сентябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар эълон қилинди  3 09:13Италиялик мутахассис МЮни бошқариши мумкин. Номзодни шахсан Фергюсон таклиф қилди  16 08:45Элит ОЧЛ. 2-тур якунларидан сўнг "Пахтакор" ўз гуруҳида нечанчи ўринга кўтарилиб олди?  2 08:05ОФК ЧЛ 2. Бугун "Насаф" БАА клубини меҳмон қилади  8 02:10ЕЧЛ. "Барселона", "Ман Сити", "Интер" ва "Боруссия" ўз ўйинларида йирик ғалаба қайд этишди. "Милан" "Байер"га ютқазди  8 01:55ЕЧЛ. "Арсенал" Лондонда ПСЖни ишончли ҳисобда таслим этди  8

JCH-2014. Franciya – Germaniya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Franciya – Germaniya. PREVYU

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida bugundan chorak final bahslari start oladi.
Rio-de-Janeyro shahridagi muhtasham “Marakana” stadionida Franciya va Germaniya o'zaro bahs olib boradi. Bundan taxminan 30 yil muqaddam Franciya va Germaniya o'zaro jiddiy raqibga aylanishgan. Ketma-ket ikki mundialda nemislar Mishel Platini boshchiligida francuzlarni mag'lub etgan, 1982 yildagi to'qnashuv esa eng qiziqarli o'yinlar ro'yxatidan joy olgandi. SHundan beri ancha vaqt o'tdi va muxlislar endilikda navbatdagi to'qnashuvni katta intizorlik bilan kutishmoqda.

Franciyaning ham, Germaniyaning ham jahon chempioni bo'lganiga ancha vaqt bo'ldi va har ikki jamoa muxlislari shunday g'alabalarni sog'inib qolishgan. Jamoalarning o'zaro to'qnashuvidan so'ng kimdir musobaqani tark etadi. Umuman olganda, har ikkalasi ham yarim finalga loyiq, lekin kimdir jahon chempionati bilan xayrlashadi.



Franciya guruh o'yinlarini ajoyib tarzda o'tkazdi, biroq nimchorak finalda Nigeriya bilan kechgan bellashuvda ancha qiynaldi. “Uch ranglilar” oxirgi daqiqalarda ikkita to'p kiritib, g'alaba qayd etdi. O'z navbatida Germaniya ham guruh bosqichini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi, ular avvalgi bosqichda Jazoirni musobaqadan chiqarib yuborishdi.

Franciya termasi ustozi Dide Desham o'yindan o'yinga asosiy tarkibni shakllantirib borishga urinmoqda. Katta ehtimol bilan bugun jarohatidan qutulgan Saxoning maydonga qaytishi kutilyapti. SHuningdek, Jiru zaxirada qolib, o'rnida Grizmann o'ynashi mumkin. U Karim Benzema bilan tandem sifatida to'p tepadi.

Germaniya terma jamoasi lageridan ko'ngilni xira qiluvchi xabarlar tarqaldi. Xususan, asosiy tarkib futbolchilaridan etti nafari grippga chalindi. Ular orasida terma jamoa to'purari Tomos Myuller ham bor. Terma jamoa ustozi Yoaxim Lyov o'yindan oldingi matbuot anjumanida shu haqda to'xtalib, o'yinga kimning tayyorligi haqida bir to'xtamga kela olmayotganini gapirdi.



Francuzlarga qarshi bahsda Germaniya bir qator o'zgarishlar bilan maydonga tushsa kerak. Avvalo maydon markazida o'yini o'xshamayotgan Filipp Lam yana qanot himoyasiga o'tadi. Yarim himoyada Toni Kroosga Xedira - SHvaynshtayger jutfligi yordam beradi. Bundan tashqari SHyurrle ham asosiy tarkibda o'ynaydigan bo'ldi. U Gyotcening o'rnida harakat qiladi. Mesut Ozilni ham oxirgi paytlarda ko'p tanqid qilishdi, biroq murabbiy unga har doim ishonib kelyapti.

JCH-2014. ¼ final
FRANCIYA - GERMANIYA
Rio-de-Janeyro. “Marakana” stadioni.
Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)

Taxminiy tarkiblar

Franciya: Loris - Debyushi, Varan, Saxo, Evra - Kabay, Pogba, Matuidi - Valbuena, Benzema, Grizmann

Germaniya: Noyer - Lam, Mertezaker, Xummels, Boateng - Xedira, SHvaynshtayger, Kroos - Ozil, Myuller, SHyurrle



Dide Desham (Franciya termasi bosh murabbiyi):
“Biz juda chiroyli o'tayotgan jahon chempionatiga guvoh bo'lyapmiz. Oldinda bizni yana bir jiddiy raqib kutib turibdi. Nima uchundir Germaniya har safar chorak final, yarim final, finallarga qadar etib boradi. Bu esa ularda tajriba ko'pligini anglatmoqda”.

Yoaxim Lyov (Germaniya termasi bosh murabbiyi):
“Bizga bir tekis harakat qilish etishmayapti. Bir qarasang yaxshi o'ynayapmiz, bir qarasang o'yinimiz qovushmayapti. Gana va Jazoir bilan kechgan bahslar biz uchun juda qiyin o'tdi. Lekin har doim o'zimizga kerakli natijaga erishib kelyapmiz. Franciyaga qarshi ham bor kuch bilan o'ynaymiz”.

Ugo Loris (Franciya termasi darvozaboni):
“Biz hech kimdan qo'rqmaymiz. To'g'ri, bugungi o'yin chempionatdagi oxirgi uchrashuvimiz bo'lishi mumkin, lekin bu ham xavotirga solayotgani yo'q. Biz Germaniyadan o'ta olamiz”.

Manuel Noyer (Germaniya termasi darvozaboni):
“Franciya jahon chempionatida bir tekis o'yin ko'rsatayotgan jamoa hisoblanadi. Ularga qarshi asosiy tarkibimizda 112 nafar o'yinga yuz foiz tayyor futbolchi tushishi kerak bo'ladi”.

Qiziqarli faktlar
-   Franciya ortda qolgan to'rt uchrashuvda 10ta gol urdi. Bu esa 2002, 2006 va 2010 yilgi ko'rsatkichdan ancha yaxshiroqdir.
-   Germaniya chorak finalga ketma-ket to'qqizinchi marta chiqdi va bu borada yaqqol rekord o'rnatdi.
-   Germaniya o'tgan yilning iyunidan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика