So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

JCH-2006 finali hakami: Zidanga qizil ko'rsatganimda u men uchun oddiy o'yinchi edi Yangiliklar

JCH-2006 finali hakami: Zidanga qizil ko'rsatganimda u men uchun oddiy o'yinchi edi

JCH-2006 final uchrashuvi hisoblangan Franciya – Italiya o'yinida ishlagan argentinalik hakam Orasio Elisondo francuzlar sardori Zinedin Zidanni chetlatish haqidagi qarorni qanday qabul qilgani haqida atroflicha to'xtalib o'tdi.
Albatta, matbuotdagi chiqishlar tufayli o'sha qarorim qanchalik muhim qarorni qabul qilganimni keyinchalik tushundim. Ammo Zidanga qizil ko'rsatgan vaqtda buni sezmagandim. U men uchun jamoaning oddiy o'yinchisi edi.

Materacci yiqilganida to'p boshqa tomonda edi, men tabiiyki o'sha tomonga qarab yugurayotgandim. To'p Materacci yotgan yarim maydon tomon o'tganida buni ko'rdim.

Materacci turmasdi. Uning turishini kutmoqchi bo'ldim. Ammo turavermagach o'yinni to'xtatdim. O'zimning birinchi yordamchimdan (Dario Garsiyu) so'radim: Dario, nimanidir ko'rdingmi? Nimaga u maydonda yotibdi?. U menga hech nimani ko'rmaganini malum qildi. Keyin ikkinchi qanot hakamiga (Rodolfo Otero) murojaat qildim, ammo u ham hech nima ko'rmaganini aytdi.

Zaxira hakami Luis Medina Kantalexo naushnik orqali barchasini aytib berdi: Orasio, men ko'rdim. Zidan Materaccini ko'kragiga boshi bilan kuchli zarba berdi.

Kantalexodan nima uchun Zidan unga zarba berganini, Materacci bungacha qandaydir harakat qildimi deb so'radim. U faqat Zidanning zarbasini ko'rganini malum qildi.

Qanday qaror qabul qilish kerak? deb o'yladim. Zidan yonimda tinchgina turardi. Men bu vaziyatni ko'rmaganimni barcha bilardi, shu bois darhol unga qizil kartochka ko'rsata olmasdim.

Qanot hakami yoniga borib: Dario, etiborliroq bo'l dedim. O'zimga esa: 10 daqiqa qoldi yanada etiborli bo'l dedim.

So'ngra Zidanni yoniga kelib unga qizil kartochka ko'rsatdim. O'shanda hakamlarga naushniklar endi paydo bo'lgandi. Agar bosh hakam qanotdagi yordamchisini yoniga borsa nimanidir so'rashini barcha biladi.

Dario hech nimani ko'rmaganini bilardim. O'sha vaqtda uni yoniga borishim qaror chiqarishdagi muhim omillardan biri edi, – deydi Elisondo.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика