Javohir Sohibov: “Ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik”
12 iyu 2015 11:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/175131_original.jpg)
![](/upload/storage/175131_220.jpg)
Javohir Sohibov: “Ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik”
Yoshlar o'rtasida Yangi Zelandiya davlatida o'tayotgan kichik mundialda O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi bugun Austriya yoshlarini 2:0 hisobida dog'da qoldirib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
O'yindan so'ng terma jamoamiz sardori Javohir Sohibov bilan internet orqali bog'langanimizda, uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
- Tabrik uchun rahmat. Ushbu g'alabani bizni masofadan bo'lsada, qo'llab-quvvatlab turgan xalqimizga bag'ishlaymiz. Aynan ularning daldasi biz futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlamoqda. O'yinga keladigan bo'lsak, qiyin bo'ldi. Aslida jahon chempionatida oson uchrashuvning o'zi yo'q. Murabbiylarni ko'rsatmasiga binoan xarakat qildik. Menimcha ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik.
- Austriya kuchli va ularda jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan ekan. Bugun shunga amin bo'ldik.
- CHorak finalda endi Senegal yoshlar terma jamoasi bilan o'ynaymiz. Ular jismoniy jihatdan kuchli. Tezkor futbolchilarga ega.
Islombek Rustambekov yozib oldi

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar